Raqamli kutubxona tizimi

Maktab kutubxonasini
to'liq raqamlashtiring

Lib-Edu — maktablardagi kutubxona ijara jarayonlarini avtomatlashtiruvchi, maktabdan viloyatgacha barcha ma'lumotlarni bir tizimda birlashtiruvchi va Telegram orqali ota-onalarni xabardor qiluvchi zamonaviy platforma.

0+ Maktab
0+ O'quvchi
0% Aniqlik
LibEdu Dashboard
1,240
Kitoblar
384
O'quvchilar
56
Faol ijaralar
12
Top o'quvchi

Lib-Edu nima va nima uchun kerak?

Maktab kutubxonalarida kitob ijarasi hali ham qo'lda, daftar orqali olib boriladi. Bu esa xatolar, kitoblar yo'qolishi va nazorat qiyinliklariga olib keladi. Lib-Edu bu muammoni butunlay hal qiladi.

Muammo

Qo'lda yuritilgan daftarlar, yo'qolgan kitoblar, nazorat yo'qligi va ota-onalar xabarsizligi — an'anaviy tizimning og'riqli nuqtalari.

Yechim

Lib-Edu barcha jarayonlarni raqamlashtiradi: ijara, qaytarish, nazorat, hisobot — barchasi avtomatik va real vaqtda.

Natija

Kitoblar yo'qolmaydi, ota-onalar xabardor, rahbarlar statistikani ko'radi, o'quvchilar rag'batlantiriladi.

Tizimning asosiy funksiyalari

Lib-Edu maktab kutubxonasini boshqarish uchun zarur bo'lgan barcha vositalarni o'z ichiga oladi.

Kitoblar boshqaruvi

Badiiy va o'quv kitoblarini ro'yxatga olish, kategoriyalash, mavjudligini real vaqtda kuzatish.

  • Kitob qo'shish va tahrirlash
  • Kategoriyalar va muallif filtri
  • Mavjudlik holati

Ijara jarayoni

Kitob berish va qaytarishni raqamli tarzda qayd etish, muddatlarni avtomatik kuzatish.

  • Ijara muddatini belgilash
  • Qaytarish eslatmalari
  • Kechikish hisobi

O'quvchilar bazasi

Maktabdagi barcha o'quvchilar ma'lumotlari, o'qish tarixi va faollik darajasi.

  • To'liq shaxsiy ma'lumot
  • O'qish tarixi va statistika
  • Sinf bo'yicha filtrlash

Reytinglar va top ro'yxat

Eng ko'p o'qilgan kitoblar, eng faol o'quvchilar va sinflar reytingi avtomatik shakllanadi.

  • Top kitoblar ro'yxati
  • Faol o'quvchilar reytingi
  • Sinf va parallellar kesimi

Hisobotlar va tahlil

Kunlik, oylik va yillik hisobotlar avtomatik generatsiya qilinadi, eksport imkoniyati mavjud.

  • PDF va Excel eksport
  • Davr bo'yicha taqqoslash
  • Vizual grafik tahlil

Xavfsizlik va nazorat

Har bir kitobning taqdiri kuzatiladi, yo'qolgan kitoblar darhol aniqlanadi va mas'ul belgilanadi.

  • To'liq audit jurnali
  • Yo'qolgan kitob ogohlantirishi
  • Mas'uliyat tizimi

Maktabdan viloyatgacha yagona tizim

Lib-Edu uch darajali ierarxik tuzilmada ishlaydi: har bir yuqori daraja quyi darajalarning umumlashtirilgan ko'rinishini beradi.

01

Maktab darajasi

Kutubxonachi o'z maktabidagi barcha o'quvchilar, kitoblar va ijaralarni boshqaradi.

O'quvchilar Kitoblar Ijaralar Top ro'yxat
02

Tuman darajasi

Tuman ma'muri o'z tumani ichidagi barcha maktablarning faoliyatini ko'radi va taqqoslaydi.

Faol maktablar Top o'quvchilar Umumiy hisobot
03

Viloyat darajasi

Viloyat boshqaruvchisi barcha tumanlarning ko'rsatkichlarini real vaqtda kuzatib boradi.

Faol tumanlar Viloyat reytingi Umumiy statistika

Ota-onalar doim xabardor

Lib-Edu ning kuchli jihati — Telegram bot orqali ota-onaga farzandining kutubxona faoliyati haqida avtomatik bildirishnomalar yuborilishi. Bu nafaqat shaffoflikni oshiradi, balki kitoblar yo'qolishi va qo'shib yozishlarning oldini oladi.

Ijara bildirishnomasi

Farzandingiz kitob olganida darhol xabar keladi: kitob nomi, muallif, qaytarish muddati.

Muddati yaqinlashganda

Kitob qaytarish muddati 2 kun qolganda ota-onaga eslatma avtomatik yuboriladi.

Yutuqlar va reyting

Farzandingiz top o'quvchilar ro'yxatiga kirganida siz ham bilib olasiz.

Qaytarish tasdiqi

Kitob qaytarilganida ham xabar kelib, jarayonning shaffofligi ta'minlanadi.

LibEdu Bot
Kitob olinди
Sardor Karimov "Alpomish" kitobini oldi. Qaytarish: 08.07.2026
10:24
Tabriklaymiz!
Sardor bu oy eng faol o'quvchilar top-5 ga kirdi.
15:02
Eslatma
"Alpomish" kitobini qaytarish muddati 2 kunda tugaydi.
09:00

Qanday ishlaydi?

Lib-Edu tizimini joriy etish va foydalanish jarayoni to'rt bosqichdan iborat.

1

Ro'yxatdan o'tish

Maktab ma'muriyati tizimga kiradi, kutubxonachi uchun hisob yaratiladi.

2

Ma'lumotlar kiritish

O'quvchilar va kitoblar bazasi tizimga yuklanadi — bir martalik jarayon.

3

Ijara boshqaruvi

Kutubxonachi har bir ijara va qaytarishni tizimga kiritadi, bot avtomatik ishlaydi.

4

Hisobot va nazorat

Tuman va viloyat ma'murlari real vaqtda statistika va hisobotlarni ko'radi.

Lib-Edu effekti

Tizim joriy etilgan maktablardagi dastlabki natijalarga ko'ra.

0
%
Kitob yo'qolishi kamaydi
0
%
Kutubxonachi ish vaqti tejaldi
0
x
O'quvchi faolligi oshdi
0
%
Ota-onalar mamnuniyati

Tizim kimga mo'ljallangan?

Kutubxonachilar

Qog'oz daftardan xalos bo'ling. Barcha jarayonlar bir ekranda, tez va aniq.

Maktab direktori

O'z maktabingizning kutubxona statistikasini istalgan vaqt ko'ring, hisobot oling.

Tuman ta'lim bo'limi

Tuman miqyosida eng faol maktablar va o'quvchilarni reyting bo'yicha kuzating.

Ota-onalar

Farzandingizning kutubxona faoliyatini Telegram orqali kuzating, xabardor bo'ling.